<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><aka>Rahm aylabon ey mehribonim</aka>
<lyrics>[V1]
 // Rahm aylabon ey mehribonim nega kelmassan? //
 Ketdiki hali hajringda jonim nega kelmassan?
 Jonim nega kelmassan?
 // Oʻtib umrim firoqingda yoniq yotmishman oʻlmakka, //
 Qoshimga birdan ey Iso nishonim nega kelmassan?
 Nishonim nega kelmassan?

[V2]
 Qoshimdin to ketib koʻzdin nihol oʻlding pari yangligʻ
 Junu dashti aro boʻldi makonim nega kelmassan?
 Aning ming oʻqlari koʻnglima har yondin solib rahna,
 Boʻlibon beqaror oromijonim nega kelmassan?
 Oromijonim kelmassan?

[V3]
 Balohayli tuzib lashkar maning jonima qasd aylab,
 Mudom ey Husravi sohibqironim nega kelmassan?
 Mani ovorayi hijron oʻtigʻa tashlabon butkul,
 Qilib nobud nihonu ayonim nega kelmassan?
 Ayonim nega kelmassan?

[V4]
 Aningla Ogahiy yigʻlar tunu kun zoru maxzundir,
 Surib ey ishrat ila komronim nega kelmassan?
 Komronim nega kelmassan?
 Qoshimga birdan ey Iso nishonim nega kelmassan?
 // Nishonim nega kelmassan? //</lyrics>
<title>nega kelmassan</title>
</song>